Jamiyat | 12:53 / 17.02.2017
19697
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy komikslar uchun ssenariylar tanlovi e'lon qilindi

“Dono nashriyoti” hamda “Dono Productions” kinokompaniyasi “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka”, “Excellent” bolalar jurnallarida turkum milliy komikslar yaratish uchun ssenariylar tanlovini e'lon qildi.  

Tanlovda professional ssenariynavislar, yozuvchi-dramaturglar, rassomlar, jurnalistlar, yosh ijodkorlar, shuningdek, ushbu mavzuda qiziqarli g‘oyalar, fikrlar, takliflar bera oladigan hamyurtlarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Stsenariylar o‘zbek va rus tilida qabul qilinadi. Taqdim etilgan asarlar faqat bolalar uchun yozilgan, dunyo OAVlari hamda kitoblarda avval e'lon qilinmagan yoki chop etilmagan bo‘lishi kerak. 

Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 000 (yigirma million) so‘m. 

Stsenariylar 2017 yilning 15 fevralidan 15 apreliga qadar quyidagi manzilga yuborilishi kerak: 

100 003, Toshkent shahri O‘zbekiston shoh ko‘chasi 55-uy (“Dono nashriyoti” MChJga milliy komikslar tanlovi uchun deb yozilishi kerak) 

Elektron variantda yubormoqchi bo‘lganlar uchun: 

info@dono.uz,

info@donoproductions.uz 
 

Mavzuga oid