Jamiyat | 07:37 / 20.02.2017
12001
1 daqiqa o‘qiladi
Hitlerning shaxsiy telefoni kim oshdi savdosida 240 ming dollarga sotildi
Natsistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Hitlerga tegishli telefon AQShda bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosida 240 ming dollardan ortiqroq bahoda sotildi. Bu haqda Alexander Historical Auctions kim oshdi savdo uyi rasmiy vakili Andreas Kornfild ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Telefon 243 ming dollarga sotildi», — degan Kornfild. Uning qo‘shimcha qilishicha, savdo uyiga to‘lanadigan mablag‘ ham shu raqam ichidadir.
Telefon apparati 200 mingdan 300 ming AQSh dollariga baholangan. Alexander Historical Auctions vakili xaridor kimligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
22:10 / 23.12.2024