Sport | 20:00 / 20.02.2017
15774
1 daqiqa o‘qiladi
OChLda hayratlanarli tarixiy voqea sodir bo‘lish arafasida
Honkongning «Istern» klubi bosh murabbiyi Chang Yung Tin Osiyo chempionlar ligasida bosh murabbiy sifatida ishlagan ilk ayol mutaxassisga aylanadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
28 yoshli murabbiy bilan «Istern» mamlakat chempionatida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. Jamoa shu orqali Osiyo klublarining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.
«Istern» OChL doirasidagi birinchi tur uchrashuvini 22 fevral kuni Xitoyning «Guangchjou Evergrand» klubiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
19:03 / 19.11.2024
Hongkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi
18:05 / 25.10.2024
“Barchasi ota-onamning qo‘llovi tufayli”: Microsoft elchisiga aylangan o‘zbek qizi
23:07 / 21.10.2024
OChL. «Paxtakor» Iroqda durang qayd etib, 8-o‘rinda qoldi
21:16 / 02.10.2024