Vitaliy Churkin qo‘qqisdan vafot etdi
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin 64 yoshida vafot etdi. Rossiya TIV ma'lum qilishicha, u Nyu-Yorkda olamdan o‘tgan.
«Rossiya TIV katta afsus bilan ma'lum qiladiki, 20 fevral kuni 65 yoshga o‘tishiga 1 kun qolgan kunda, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Nyu-Yorkda to‘satdan vafot etdi», — deyilgan vazirlik xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, u ish vaqtida jon bergan. Vazirlik Churkinning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Churkin 1952 yilda Moskvada tug‘ilgandi.
U diplomatik faoliyatini 1974 yilda boshlagan, 1992-1994 yillarda RF TIV rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlagan. 1994-1998 yillarda Rossiyaning Belgiya qirolligida elchisi, 1998-2003 yillarda Rossiyaning Kanadadagi elchisi bo‘lgan.
2006 yilning 8 aprelidan Rossiyaning BMT va Xavfsizlik Kengashidagi maxsus vakili sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
20:22 / 27.12.2024
BMT Tojikiston tashabbusi bilan 2025 yilni Xalqaro muzliklarni asrash yili deb e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024