Jamiyat | 13:33 / 21.02.2017
17696
1 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli farzandlariga o‘rgimchakli taom tayyorlab berdi

Hollivud aktrisasi Anjyelina Joli farzandlarini o‘rgimchaklar bilan oziqlantirdi, deya xabar beradi BBC.

Joli va uning oilasi Kambojaga "Ular avval otamni o‘ldirishdi: Kamboja qizining xotiralari" hujjatli filmi premerasiga kelishgan. Safar vaqtida aktrisa va uning farzandlari mahalliy oshxona bilan tanishishdi. Xususan, Joli farzandlariga o‘rgimchaklarni qanday tayyorlashni ko‘rsatib berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, aktrisaning o‘zi Kamboja oshxonasi bilan tanish bo‘lgan. Jolining so‘zlariga ko‘ra, u Kambojaga ilk marta kelganida  hashoratlarni tatib ko‘rgan. "Avval chigirtkalardan boshlaysiz. Chigirtka va pivo, keyin esa tarantulalarga o‘tasiz", - dedi u. 

Mavzuga oid