Jahon | 20:21 / 21.02.2017
9901
1 daqiqa o‘qiladi

"Kalashnikov" konserni jangovar robotlarni yaratish ustida ishlamoqda

Foto: "Kalashnikov" konserni

Qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi "Kalashnikov" konserni turli maqsadlarga mo‘ljallangan bir qator yangi jangovar robototexnika majmualarini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda kompaniyaning bosh direktori Aleksey Krivoruchko IDEX-2017 qurol-aslaha ko‘rgazmasida ma'lum qildi. 

Avvalroq kompaniya "Armiya-2016" forumi doirasida "Soratnik" deb nomlangan robotlashtirilgan gusenitsali platformani taqdim qilgandi. 

"Biz tomondan robotexnika sohasida yangi loyihalar olib borilmoqda, bular yangi jangovar modullar hamda og‘ir va yengil sinfdagi yangi robotlashtirilgan platformalardir. Mashinalarimizning yangi qatorini "Armiya-2017" ko‘rgazmasida namoyish qilmoqchimiz", deb aytdi Krivoruchko. 

Krivoruchko ishlanmalarning maxfiyligiga ishora qilib, mashinalarning o‘zi xos jihatlariga aniqlik kiritmadi.

Mavzuga oid