Light | 16:29 / 21.02.2017
11136
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik og‘ir atletikachi 288 tonnalik elektrovozni joyidan siljitdi

Pauerlifting va og‘ir atletika bo‘yicha Uzoq Sharq chempioni Ivan Savkin 288 tonnalik elektrovozni tortishning uddasidan chiqdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

«Ob-havo pand berdi. Ikkinchi urinishdan so‘ng elektrovoz 1,1 metrga tortildi. Sovuqda quyuqlashib qolgan moy ham qo‘shimcha yuk bo‘ldi», — degan Savkin.

Aktsiya Primoredagi Smolyaninovo qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tgan. Sportchi videolavhani Ginness rekordlari kitobi rahbariyatiga yuborishni rejalashtirgan. 

32 yoshli pauerlifter shu vaqtgacha ko‘p tonnalik parom, aerobus, teplovoz, zenit-raketa kompleksi, pritsepli harbiy tyagach, T-34 va T-54B tanklarini joyidan siljitishning uddasidan chiqqan.

Mavzuga oid