AQShdagi Ozodlik haykaliga qochqinlar qo‘llab-quvvatlangan banner ilib qo‘yildi
AQShning Nyu-York shahrida joylashgan, butun dunyoga mashhur Ozodlik haykaliga "Qochqinlar, xush kelibsiz" degan yozuvli banner ilib qo‘yildi. Bu haqda NBC New York nashri ma'lum qildi.
Hozir politsiya haykalning tagkursisiga uzunligi 6 metrdan uzunroq bannerni kim ilib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini aniqlamoqda. Banner bir soatga yaqin ilinib turgan.
Ushbu voqea uchun javobgarlikni ijtimoiy tarmoqlarda Alt Statue of Liberty akkauntini boshqaradigan noma'lum kimsa o‘z zimmasiga oldi. Uning aytishicha, bu guruh rasmiy guruh bo‘lmay, "Amerikaga o‘zlari ishongan biror bir narsa haqida gapirib berish zaruriyatini his qilgan oddiy odamlardir".
"Biz Amerika dunyoda tinchlik mayog‘i ekanligini, mamlakat muhojirlar tomondan qurilganini eslatib qo‘ymoqchimiz. Mamlakat yoki dinlarni chirmab olish – bizning qadriyatlarga ziddir", deb aytgan akkaunt ma'muri.
Nashrning ta'kidlashicha, AQShning milliy yodgorliklarida qandaydir plakatlarni ilish noqonuniy hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, voqea AQSh ichki xavfsizlik vazirligi immigratsiya sohasida choralar qat'iylashtirilishini e'lon qilgan kun yuz bergan.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04