Sport | 15:43 / 26.02.2017
10057
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Fransiyalik futbolchiga hakam qo‘lidagi tabloni urib tushirgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi

Fransiyaning «Bastiya» jamoasi sardori Yannik Kayuzak ichki chempionat doirasida «Anjye» klubiga qarshi kechgan uchrashuv vaqtida to‘rtinchi hakam qo‘lidagi tabloni urib tushirgani uchun maydondan chetlatildi.

Uchrashuv «Bastiya»ning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan. O‘yinning 74-daqiqasida Kayuzak maydondan olingan, u shu vaqtda to‘rtinchi hakam yonidan o‘taturib, uning qo‘lidagi tablosini urib tushirgan. Yordamchi hakam bosh hakamga bu haqda  ma'lumot bergach, futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilgan. Bu ushbu futbolchi uchun joriy mavsumdagi to‘rtinchi qizil kartochka bo‘ldi.

Mavzuga oid