Oloy bozori yaqinidagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Bugun, 27 fevral kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 25-uyda joylashgan biznes markaz binosining 8-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.
«Kun.uz» nashriga Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, yong‘in chiqqani haqidagi xabar soat 17:30da kelib tushgan. Hududga 4ta asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yo‘llangan va soat 17:54da olov butunlay o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida binoning 8-qavatida joylashgan "Montaj qurilish xizmat" MChJga qarashli, Silver Water Gold Fish MChJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonasi, ichidagi jihozlari 20 kv.m maydonda hamda binoning 9-qavatida Navei MChJ tomonidan ijaraga olingan xona derazasi romi zararlangan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida binodagi 18 nafar ishchi-xizmatchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, ularning tan jarohati olishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Toshkent shahridagi biznes markazida yana yong‘in ro‘y berdi
Ma'lumot uchun, bu binoda 2015 yilda ham yirik yong‘in kuzatilgan edi.
Mavzuga oid
19:09
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024