Atamboyev Qirg‘izistonda inqiloblarga nuqta qo‘yilganini aytdi
Qirg‘iziston yetakchisi Almazbek Atamboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan mamlakatda o‘tadigan prezidentlik saylovlarini muhokama qilmaganini ma'lum qildi va Qirg‘izistonda boshqa inqiloblar bo‘lmasligiga va'da berdi.
"Vladimir Vladimirovich mendan bu haqda umuman so‘ramadi", deb ta'kidlab o‘tdi Atamboyev Putin bilan birgalikdagi matbuot-anjumanda. "Men uchinchi inqilobni qilmayman. Qirg‘izistonda inqiloblarga nuqta qo‘yilgan", deb aytdi Atamboyev.
Putin, o‘z navbatida, Rossiya qo‘shinlarining Qirg‘izistonda ko‘paytirilishi masalasi uchrashuvda muhokama qilinmagani, biroq Rossiya Qirg‘iziston istasa, bu masalani muhokama qilishga tayyorligini aytgan. "Harbiy kontingentning kengaytirilishi masalasini hozircha muhokama qilmadik", deb aytgan Atamboyev.
"Agar Qirg‘iziston buni lozim deb topsa, biz uni muhokama qilamiz", deb qo‘shimcha qilgan Putin. Putin shu bilan birga bu Rossiyaga qo‘shimcha xarajatlarga aylanishini hisobga olishni aytdi. "Biroq KHShT doirasida va ikki tomonlama asosda, agar bunday ehtiyoj bo‘lsa, muhokama qilamiz", deb aytgan Putin.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024