Bir «buxanka» non qanchalik ko‘p issiqxona gaziga tushishi hisoblab chiqildi
Bir «buxanka» nonni ishlab chiqarish jarayoni Yer atmosferasiga o‘z vazniga deyarli teng issiqxona gazini chiqarar ekan. Nature Plants jurnalida britaniyalik olimlarning shu haqidagi maqolasi chop etildi.
"Biz har bir "buxanka"ning bug‘doy hosildorligi uchun ishlatiladigan o‘g‘itlar tufayli global isishini ifodalashini aniqladik", - deya ma'lum qildi Sheffild universiteti (Buyuk Britaniya) olimi Laym Goshe.
Goshe va uning hamkasblari bug‘doy yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash, un tayyorlash va non yopish jarayonlarinida qancha issiqxona gazi chiqishini hisoblab, shunday xulosaga kelishdi.
Ularning hisob-kitoblari ko‘rsatishicha, 800 grammli oq nonni tayyorlash deyarli 600 gramm karbonat angidrid, metan, azot oksidi va boshqa issiqxona gazlarini havoga chiqaradi, bu esa global isishni tezlashtiradi. Bu massaning deyarli yarmi - 0,26 kilogramm SO2-ekvivalenti - bug‘doy hosildorligini oshirish uchun foydalanuvchi azot o‘g‘itlari ulushiga to‘g‘ri keladi.
N2O juda kuchli issiqxona gazi hisoblanadi, uning iqlimga ta'sir qilish kuchi SO2'dan taxminan 300 karra yuqori. Uning atmosferaga tushishi haroratni oshirishdan tashqari ozon qatlamining buzilishiga ham olib keladi.
Bu muammodan qanday qutulish va nonning iqlimiy bahosini qanday tushirish mumkin? Bu savolga aniq javob yo‘q, biroq olimlarning taxminicha, buni bir necha yo‘l orqali amalga oshirish mumkin:
- o‘g‘itlarni yangi, yanada energosamaraliroq sintezlash yo‘li orqali;
- o‘g‘itlardan foydalanishda umumujahon miqyosida cheklovlar kiritish.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, u yoki bu choraning ko‘rilishi dunyoning barcha mamlakatlarida siyosiy harakatlarning amalga oshirilishini talab qiladi.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:16 / 16.11.2024