Sport | 08:08 / 28.02.2017
9611
1 daqiqa o‘qiladi

N-Hero! Raneri «Lester»dan ketishidan oldin yana bir e'tiborli ishga qo‘l urdi.

«Lester» sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoani tark etish oldidan yana bir qahramonlik ko‘rsatdi.

Gap shundaki, «Lester» murabbiy uchun shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani evaziga 3 million funt sterling miqdorida kompensatsiya puli to‘lashi lozim edi. Raneri ushbu pullarning yarmini xayriya uchun qurbon qildi.

Raneri 1,5 million funt sterling miqdoridagi pulni klub qoshidagi Foxes Foundation fondiga xayriya sifatida taqdim etgan. Hozircha bu borada ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan. Bu borada rasmiy xabar hech bir manbada uchragani yo‘q.

Mavzuga oid