Fan-texnika | 23:58 / 02.03.2017
20420
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8'ning "jonli" suratlari taqdim etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung Galaxy S8 qurilmasining yangi ishchi namunasi suratlari paydo bo‘ldi. Taqdimotga oz qoldi, bunga qadar olingan ma'lumotlar tasdiqlanmoqda. Hi-Tech yangi smartfon suratlari bilan bo‘lishdi. 

Galaxy S8 qurilmasining old panelida tugmalar yo‘q, ular ekran klavishlariga almashtiriladi. Barmoq izlari skaneri orqa panelga ko‘chirilgan. Shunday ekan, displey deyarli butun "maydon"ni egallaydi. Ekran burchaklari LG G6 smartfoni kabi. 

Quloqchinlar, USB Type-C, mikrofon va dinamik avvalgidek smartfonning pastki qismiga ulanadi. Telefonni yoqish va tovush baland-pastligini boshqarish tugmalari, an'anaga ko‘ra, qurilmaning yon tomonlarida. 

Samsung yangi telefonini 29 mart kuni Nyu-Yorkda maxsus tadbirda namoyish etadi. 

Mavzuga oid