Fan-texnika | 13:58 / 04.03.2017
11118
2 daqiqa o‘qiladi

Koenigsegg 24 karatlik oltin bilan ishlov berilgan mashinasini ko‘rsatdi

Shvetsiyaning superkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Koenigsegg kompaniyasi bo‘lg‘usi Jyeneva avtoko‘rgazmasidagi burchagida namoyish etiladigan mahsulotlari haqida hikoya qildi. Shvetsiya kompaniyasi ko‘rgazmada Agera RS modelining maxsus modelini namoyish etadi. Agera RS Gryphon deb nomlangan namunasi 1360 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi va ekstereriga 24-karatli oltin (999,5) bilan ishlov beriladi. 

Firma maxsus Agera RS modelini biznesmen va avtomobil kolleksioneri Menni Xoshbin buyurtmasi asosida ishlab chiqqan. U kuzovning tashqi tomonidan «karbonli» ko‘rinishini saqlab qolishni hamda bir nechta oltin elementlarini joylashni, xususan Koenigsegg timsoli, kuzovdagi bezak bo‘rtmalari va to‘siq vstavkalari oltindan bo‘lishi kerakligini aytgan. 

Bundan tashqari, mijoz uchun maxsus ishlab chiqilgan karbonli bosh kiyim va superkar saloniga ham oltin bilan ishlov berilgan. Shu bilan birga alkantara va karbondan foydalanilgan.

Xoshbin buyurtmasiga ko‘ra, Agera RS Gryphon’ga 1 megavattlik V8 tvin turbo o‘rnatiladi. Ayni dvigatelni Koenigsegg One: 1 giperkarida ham qo‘llaydi. Yangi Agera RS vazni 1395 kgni tashkil etgan.

Koenigsegg maxsus mashinasidan tashqari Jyenevaga ilk marotaba Regera modelini ham keltiradi. Unga 1500 ot kuchiga ega gibrid qurilma o‘rnatiladi. Yangi Koenigsegg soatiga 300 km tezlikka atigi 10 soniyada erishadi. 

Regera modeli ikki nusxasining ichki va tashqi ko‘rinishlariga mijozlar buyurtmasiga ko‘ra, turlicha ishlov berilgan.

Mavzuga oid