«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Vengerga yangi ish topdi
«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Merson londonliklar klubi murabbiyi Arsen Venger bilan bog‘liq vaziyat xususida fikr yuritdi.
«Vengerda o‘ziga xos o‘yin uslubi bor, u butun dunyoda qo‘llanadi. Bu murabbiyni dunyodagi har bir futbolchi yaxshi taniydi. Uning shuhrati zo‘r.
«Monako»ning qanday o‘ynayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu mavsumda «PSJ» Fransiya chempionligi unvonini saqlab qolishiga ko‘zim yetmaydi. Agar parijliklar jamoasi ichki chempionatda ham, Chempionlar ligasida ham g‘alaba qila olmasa… Men pul tikib garov bog‘lashim mumkinki, Venger keyingi mavsumda «PSJ» murabbiyi bo‘ladi», – deya fikrlarin bildirib o‘tgan angliyalik sobiq futbolchi.
Ayni vaqtda «PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri hisoblanadi. Vengerning «Arsenal» bilan shartnomasi shu mavsum oxiriga qadar tuzilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:23 / 15.12.2024
«Liverpul» ochko yo‘qotdi, «Real» uchta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024