Sport | 17:29 / 06.03.2017
14228
2 daqiqa o‘qiladi

1-turda eng ko‘p va kam muxlis qaysi uchrashuvga tushgani aniq bo‘ldi

O‘zbekiston chempionatining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. PFL matbuot xizmati uchrashuvlarni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar sonini e'lon qildi.

Manbaga ko‘ra, eng ko‘p tomoshabin Namanganda «Navbahor» ishtirokidagi o‘yinda kuzatilgan (12311 tomoshabin). Eng yomon ko‘rsatkich esa qariyb 35 ming muxlisni sig‘dira oladigan «Bunyodkor» stadionida qayd qilingan. «Sug‘diyona»ga qarshi uchrashuvni tribunadan 509 nafar odam kuzatib borgan.

Jami bo‘lib sakkizta uchrashuvga 44 918 nafar tomoshabin kelgan. Bu o‘rtacha bitta o‘yinga 5 615 nafar muxlisni tashkil qiladi.

1-tur o‘yinlariga tashrif buyurgan muxlislar soni

«Metallurg» – «Dinamo» (0:2, 1 029 tomoshabin)
«Mash'al» – «Lokomotiv» (0:1, 2 024)
«Paxtakor» – «Qizilqum» (3:1, 4 153)
«Buxoro» – «Olmaliq» (1:0, 12 200)
«Qo‘qon-1912»  – «Nasaf» (1:2, 8 135)
«Sho‘rtan» – «Neftchi» (1:0, 4 557)
«Navbahor» – «Obod» (2:1, 12 311)
«Bunyodkor» – «So‘g‘diyona» (1:0, 509).

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Paxtakor» va «Qizilqum» jamoalari uchrashuviga talabalar majburan olib kirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid