Jahon | 20:46 / 06.03.2017
10999
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni qiroli nima uchun Livanga tashrifini bekor qildi?

Foto: AFP

Prezident Mishel Aun Hizbullohni himoya qilganidan so‘ng Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz As-Saud mart oyida Livanga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, Saudiya rahbari mart oyi oxirida yordam qo‘lini cho‘zish hamda xalqaro majburiyatlarini ado etish maqsadida Livanga borishni rejalashtirgan edi. 

2017 yilning 10 yanvarida Ar-Riyodda Aun bilan uchrashgan qirol Salmon ikki mamlakat o‘rtasidagi tanglikni bartaraf etishga umid qilgandi. 

Gap shundaki, o‘tgan oyda Misr telekanallaridan biriga intervyu bergan prezident Aun Hizbullohni himoya qilgan va uni "Livan muhofazasi uchun muhim ahamiyatga ega tashkilot" sifatida e'tirof etgan. 

Uning ushbu bayonoti Livan jamoatchiligi va arab dunyosida keng muhokama va munozaraga sabab bo‘ldi. 

Mavzuga oid