Jamiyat | 15:52 / 07.03.2017
8250
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda 12 kilogramm go‘shtni, Taxiatoshda 9 million so‘mni o‘g‘irlagan fuqarolar ushlandi

Nukus shahri Ko‘k-uzak ko‘chasida yashovchi, A.Muxamatdin, 2017 yil 10 fevral kuni soat taxminan 13:30lar chamasida Nukus shahrida yashovchi, yakka tadbirkor O.Akmaralning Nukus shahri markaziy dehqon bozorida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan 12 kg. tovuq go‘shtlarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Kruz.uz Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV PPX va JTSB PPX bataloni 2-otryad komandirining ShTBIB o‘rinbosari serjant J.Orazshayevga asosan xabar bermoqda.

Olib borilgan surishturuv ishlari natijasida ko‘p o‘tmay A.Muxamatdin PPX bataloni xodimlari safdorlar I.Jaqsimuratov, R.Oserbayev va X.Saliyevlar tomonidan ushlanib, Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, Taxiatosh shahri 33-kvartalda yashovchi, G.Zulfiya, 2017 yil 14 fevral kuni soat taxminan 11:30lar chamasida Nukus shahrida yashovchi, yakka tadbirkor T.Aynuraning Nukus shahri X.Turimbetov ko‘chasi bo‘yida joylashgan do‘konidan sumkasini va sumkasi ichida bo‘lgan 9.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Lekin ko‘p o‘tmay surishturuv ishlari natijasida G.Zulfiya PPX bataloni xodimlari katta serjantlar A.Jannazarov va Q.Omarovlar tomonidan ushlanib, Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Mavzuga oid