Jamiyat | 09:54 / 07.03.2017
16724
2 daqiqa o‘qiladi

Rolik: “Kann”da qatnashuvchi Dmitriy Dyujyev ishtirokidagi o‘zbek filmining suratga olish jarayoni

Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor Dmitriy Dyujyev aktyorlar Ra'no Shodiyeva hamda Karim Mirhodiyev bilan 4-5 fevral kunlari O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmida suratga tushgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha “O‘zbekkino” milliy agentligining Facebook'dagi rasmiy sahifasiga Dmitriy Dyujyev ishtirokidagi “U” nomli qisqa metrajli filmni suratga olish jarayoni haqidagi videorolik joylandi

Mazkur qisqa metrajli film 70 marotaba o‘tkaziladigan Xalqaro Kann kinofestivalida ishtirok etadi.

Ma'lumot o‘rnida: Muxlisa Azizova «Geolog: O‘limdan kuchli» deb nomlangan filmning loyiha muallifi hamda «Tinchlik sohili» deb nomlangan qisqa metrajli filmning postanovkachi rejissyori sifatida yaxshi tanilgan.

“HD CINEMA”kinokompaniyasi filmni suratga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi pavilonida film uchun maxsus dekoratsiya hozirlandi.

54 kishidan iborat katta jamoa ikki kun mobaynida, uzviy davomiyligi 15 daqiqaga yaqin davom etadigan ishchi nomi «U» («Ona») bo‘lgan filmni suratga olish ishlarini yakunlashdi.

Dmitriy Dyujyev film ssenariysi, mavzusidan tortib, toki ijodiy jamoaning faolligi, yuqori darajadagi tashkillashtirilgan tashkilotchilik ishlarini alohida e'tirof qildi.

Filmning loyiha hamda g‘oya muallifi Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati. Operator Dilmurod Turdiboyev, prodyuser Oybek Abdushukurov.

Filmni ovozlashtirish va montaj ishlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid