Jahon | 17:36 / 08.03.2017
5038
1 daqiqa o‘qiladi

Kobuldagi harbiy gospitalga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafardan ortiq

Kobul shahridagi harbiy gospitalga uyushtirilgan hujum oqibatida 30 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan va 50dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi vakiliga asoslangan holda Assoshieyted Press nashri xabar tarqatdi.

Bundan oldingi xabarlarda hujum oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 4 nafarligi, yana 66 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Chorshanba tongida Kobuldagi Sardor Muhammad Dovud Xon nomli gospital binosi oldida portlash sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng, hujum qiluvchilar bino ichiga kirib, ichkaridagi odamlarni o‘qqa tuta boshladi.

Hujum qiluvchilar soni 4 nafar bo‘lgan, biri darvoza oldida o‘zini portlatgan, qolganlari ichkariga bostirib kirgan. Ayni vaqtga kelib, jangarilarning barchasi yo‘q qilingan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga oid