Muqimiy-Bunyodkor chorrahasi ochilishi to‘rtinchi marta kechiktirildi
Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11 fevral kuni yopilgan chorraha transport harakati uchun hamon ochilmay qolmoqda. «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, chorrahaning ochilish muddati Navro‘z bayrami arafasi kunlariga qoldirilgan.
«Ma'lum ishlar davom etayotgani hamda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida chorrahaning transport harakati uchun ochilishi Navro‘z bayrami arafasi kunlariga ko‘chirildi.
Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz», deyilgan xabarda.
Unda shuningdek, yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvaliga chorrahada transport harakati 11 fevraldan 23 fevralgacha vaqtincha yopilgandi. Keyinroq «Toshshahartransxizmat» harakatlanishga 1 martdan boshlab ruxsat berilishini bildirdi. 1 mart kuni esa bu muddat 10 martgacha uzaytirilgandi.
Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishuvida, metroning «Novza» bekati yaqinida yangi ko‘prik qurilishi 2016 yilning 16 sentabridan boshlangan edi. Uning umumiy uzunligi 900, balandligi 6 metrga teng, 6 polosali yo‘lning kengligi 24 metrni tashkil etadi. Yo‘l o‘tkazgichning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayramida foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
09:11 / 29.11.2024
Eski ToshMI va sobiq «Toshselmash» bozori yonidagi chorrahalar rekonstruksiya qilinadi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
08:28 / 31.08.2024
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
17:56 / 16.05.2024