Jamiyat | 20:08 / 11.03.2017
21552
2 daqiqa o‘qiladi

4 yoshli qizcha buvisiga yordam chaqirtirish uchun olis yo‘l bosib o‘tdi

Foto:The Siberian Times

Rossiyaning Tuva respublikasida yashovchi 4 yoshli qizcha buvisiga yordam chaqirtirish uchun o‘zining hayotini xavfga qo‘yib, tayga bo‘ylab 4 soat ichida 8 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Bu haqda 11 mart kuni Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika bo‘yicha boshqarmasi xodimiga iqtibos keltirgan holda FlashSiberia nashri xabar berdi.   

Ma'lumotlarga ko‘ra, fevral oyi oxirida buvisi va ko‘zi ojiz buvasi bilan yashagan Salgana Salchak buvisi qimirlamayotganini payqab qolgan. U bu haqda buvasiga aytgan, biroq keksa buvasi rafiqasiga yordam bera olmagan va nabirasini qo‘shnilarga yordam chaqirtirish uchun yuborgan.  

Salgana qattiq sovuqqa qaramay, cho‘ponlar to‘xtagan joyga yetib borib, buvisiga yordam chaqirtira olgan. Biroq shifokorlar va qo‘shnilar yetib kelguncha qizchaning buvisi vafot etib bo‘lgan. 

FVV vakilining aytishicha, qizchani mukofotga taqdim qilishmoqchi. Ayni vaqtda u shifoxonada davolanmoqda.

Fevralda Voronej viloyatida 5 yoshli qizcha ukasi va singlisini yong‘in vaqtida qutqarib qolgan. 19 fevral kunduzi yuz bergan yong‘in vaqtida qizchaning otasi ishda, onasi esa hovlida mollarga ovqat berayotgan bo‘lgan. Qizcha yonayotgan uy ichidan uch yoshli ukasini va bir yoshli singlisini qo‘lda ushlagancha olib chiqqan.

Mavzuga oid