Toshkent aeroportida yonida patronlar bo‘lgan isroillik sobiq harbiy ushlandi
Toshkent aeroportida yuklari orasida patronlar bor bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Isroildagi IzRus portalida xabar qilinishicha, u Isroil mudofaa armiyasi – SAXALda askarlik muddatini yakunlab, Tailandga dam olishga ketayotgan isroillik askar bo‘lgan.
Toshkentdan tranzit orqali uchmoqchi bo‘lgan bu sobiq askarning yuklari samolyotga o‘tirishi arafasida tekshirilganda undan 13ta o‘q topilgan.
U ayni vaqtda Toshkent aeroportining vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda. Isroilning O‘zbekistondagi konsuli qo‘lga olingan fuqaro holidan xabar olgan.
Voqea yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Isroil TIV hibsga olingan askarga yordam ko‘rsatishga urinmoqda», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
07:35 / 18.12.2024
2,8 ming dona o‘q olib kirmoqchi bo‘lgan avtomashina to‘xtatib qolindi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024