Jahon | 21:21 / 14.03.2017
15473
3 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik mashhur ishbilarmon "do‘sti" tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirildi

Foto: Credit: Al Marsad

O‘tgan haftada saudiyalik mashhur ishbilarmon, valyuta ayirboshlash kompaniyasining egasi Ahmad Said Al-Amudiy do‘stiga qop-qop pullarni ko‘rsatganidan keyin bo‘g‘ib o‘ldirildi. Gulf News'da shu haqida xabar berildi

Qotil-do‘st, so‘nggi 16 yil davomida qirollikda yashab kelgan Yaman fuqarosi marhum ishbilarmon bilan besh yildan beri do‘stlashib kelgan. 

Manbaga ko‘ra, 57 yoshli ishbilarmon Al-Amudiy 53 yoshli yamanlik do‘stiga to‘liq ishongan. 

Marhumning akasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ukasining yo‘qolgani haqida xabar berganidan so‘ng tergov ishlari boshlangan. 

Marhum ishbilarmon qo‘shnisining kuzatuv kameralari Al-Amudiyning juma kuni Qizil dengizdagi villasini tark etib, kechroq boshqa bir kishi bilan qaytganini qayd etgan. 

Kamerada oq rangdagi an'anaviy kiyimdagi erkakning bir necha soatdan keyin villani tark etgani aks etgan. Uning qo‘lida katta sumka bo‘lgan va u bu yerni taksida tark etgan.

Keyinroq qotil o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, pullarni o‘z uyiga yashirganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni ertalab ishbilarmon do‘sti qo‘ng‘iroq qilgan va ko‘rishishni so‘ragan. Ular Radha dahasidagi masjid oldida ko‘rishishgan va Al-Amudiyning uyiga kelishgan. 

Ishbilarmon katta miqdordagi Britaniya funtlari, Saudiya riallari va yevrolar joylangan bir necha qopni olib kelgan va qotil "do‘sti"dan ularni chamadonlarga bo‘shatishga yordam berishni so‘ragan. Bu pullar ular keyinchalik uchrashishi rejalashtirilgan kishilarga topshirilishi kerak bo‘lgan.

Biroq 15 millioncha Saudiya rialidan iborat naqd pullarni ko‘rgan yamanlik "do‘st"ning niyati buzilgan. U Al-Amudiyning qo‘llari va oyoqlarini bog‘lab, bo‘g‘ib o‘ldiradi, jasadni katta sumkaga joylaydi.

Shundan so‘ng qotil taksi chaqirib, uni villadan olib chiqib ketadi. Tergov qotilning hamtovoqlari bo‘lgan yoki yo‘qligini aniqlashga doir ishlarini davom ettirmoqda. 

Al-Amudiy 14 mart, seshanba kuni dafn qilindi. Manbaga ko‘ra, dafn marosimiga juda katta olomon to‘plangan. 

Mavzuga oid