O‘zbekiston | 20:11 / 17.03.2017
41300
3 daqiqa o‘qiladi

Mehnat vazirligi Navro‘z bayrami arafasida 3 kun dam olish ilojsizligini ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Navro‘z bayrami munosabati bilan 20 mart kunini dam olish kuni sifatida e'lon qilgach, Mehnat vazirligi 2017 yil ish vaqtlari tartibida o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Unga ko‘ra, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun mart oyida 25 kun ish kuni bo‘lishi ma'lum qilingan.

Vazir o‘rinbosari B.Nizomovning «Kun.uz»ga taqdim etilgan xatida keltirilishicha, 5 kunlik ish haftasida (40 soat) ishlaydiganlar uchun yanvar oyida ish hajmi - 168 soat; mart oyida - 167 soat; 1 chorakda - 495 soat; birinchi yarim yillikda - 995 soat; 9 oylik uchun - 1509 soat, yil uchun - 2020 soatni tashkil qiladi.

6 kunlik ish haftasida (40 soat) ishlaydiganlar uchun yanvar oyida ish hajmi - 167 soat; mart oyida - 165 soat; 1 chorakda - 492 soat; birinchi yarim yillikda - 997 soat; 9 oylik uchun - 1508 soat, yil uchun - 2020 soatni tashkil qiladi.

6 kunlik ish haftasida, qisqartirilgan ish vaqtida (36 soat) ishlaydiganlar uchun yanvar oyida ish hajmi - 150 soat; mart oyida - 148 soat; 1 chorakda - 442 soat; birinchi yarim yillikda - 897 soat; 9 oylik uchun - 1357 soat, yil uchun - 1818 soatni tashkil qiladi.

Ma'lum qilinishicha, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun yanvar oyida 21 kun, mart oyida 21 kun, bir chorakda 62 kun, yarim yillikda 125 kun, 9 oyda 189 kun, yil uchun esa 253 kun ish kuni sifatida belgilangan.

6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun yanvar va mart oylarida 25 kundan, birinchi chorakda 74 kun, birinchi yarim yillikda 150 kun, 9 oyda 227 kun, yil uchun esa 304 kun ish kuni sifatida belgilangan.

6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar mart oyi hisobidan 14 kun ishlab bo‘lishdi, 25 kunlikni to‘ldirish uchun esa 18 mart kunidan boshlab ularga 11 ish kuni kerak bo‘ladi. Mart oyi 31 martga qadar davom etadi va oyning qolgan qismida 14 kun bor, bu kunlardan 2 kun yakshanba kunlari sifatida, yana 2 kun Navro‘z bayrami tufayli dam olish kunlari sifatida hisobdan chiqarilsa, 10 ish kuni qoladi. Ko‘rinib turibdiki, bu holda 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar yoki 19 mart yoki 20 mart kuni ishlab berishiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid