Jahon | 14:08 / 17.03.2017
5014
1 daqiqa o‘qiladi
Sidneyda yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘ndirildi
Sidney aeroportida Regional Express Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Saab 340 yo‘lovchi turbovintli samolyoti parvoz vaqtida dvigatellaridan birida parrak otilib ketganidan so‘ng favqulodda qo‘ndi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 16 yo‘lovchi va uch nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hech kim jarohat olmadi.
Ayni damda Avstraliya transportdagi xavfsizlik byurosi hodisani tekshirish ustida ish boshladi. Byuro xodimlari otilib ketgan parrakni topish harakatida, u Sidney janubi-g‘arbidagi tumanlardan biriga tushgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024