Kun hazili: Oldingidek Shumaxerlik qilish yo‘q endi
2017 yil 15 martidan Toshkent shahrining 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarliklarni qayd etib, transport vositalari egalariga jarima maktublarini yuborish sinov tariqasida boshlangan edi. 15 martdan 16 martgacha bo‘lgan bir kun ichida mazkur kameralar yordamida 10 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgani haqida xabar qilindi.
O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda esa, kameralar mavzusi eng jiddiy muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Xususan, ayrim foydalanuvchilar “antikamera” deya davlat raqamiga qurigan bargni yopishtirib olgan Matiz rusumli avtomobil suratini tarqatishayotgan bo‘lsa, boshqalari turli filmlarga ovoz berib, kameralar borasida mulohaza yuritishgan. Albatta, bularning aksariyati hazil tariqasida joylashtirilgan.
Shu o‘rinda, eslatib o‘tmoqchimiz, davlat raqamlarini kameraga tushmaydigan tarzda har qanday yo‘l bilan bo‘lsin qayta jihozlash navbatdagi qoidabuzarlikni anglatadi va jarima solinishiga asos bo‘ladi. Bu haqda avvalgi xabarlarimizda ma'lum qilgan edik.
Bu kabi foto va videomahsulotlarga tarmoq foydalanuvchilari ham o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Shulardan ayrimlari kameralar ishga tushirilib to‘g‘ri qilingani, Toshkent shahar ko‘chalaridagi beboshliklar, haydovchilarning o‘zaro bir-birini hurmat qilmasligiga chek qo‘yilgunga qadar bu jarayonni kuchaytirib borish zarurligi xususida fikr bildirishgan. Ba'zi birlari Yo‘l harakati qoidalariga bo‘ysunib mashina boshqarishni tavsiya qilishgan.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024