Arabiston dengizi uzra yirik aviahalokat yuz berishiga bir baxya qolgani ma'lum bo‘ldi
2017 yilning boshida Arabiston dengizida ikkita yo‘lovchi samolyotining bir-biriga xavfli masofaga qadar kelishi jiddiy halokat bilan yakun topishi mumkin edi. Bu haqdagi ma'lumot OAVda endigina tarqaldi. Aviatsiya hodisalarini kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi Aviation Herald nashri shu haqda ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, 7 yanvar kuni ertalab Emirates aviakompaniyasining Dubaydan Sidneyga parvoz qilayotgan A380-800 yo‘lovchi layneri Arabiston dengiz uzra uchayotganida, Germaniyaning MHS Aviation biznes-operatoriga tegishli bo‘lgan Bombardier Challenger 604 biznesjyeti uning yo‘nalishini to‘sib chiqqan.
Biznes-jyet ulkan laynerdan biroz orqada hamda undan 300 metr pastroq masofada uchib o‘tgan. Bu samolyotning o‘ziga havo oqimi iziga tushib qolishi hamda boshqaruvning yo‘qotilishiga olib kelgan. Samolyot havoda uch-besh marta ag‘darilib ketgan, parvoz rejimining buzilishi esa har ikki turboreaktiv dvigatellar ishlashining to‘xtatishga sabab bo‘lgan hamda samolyot bir zumda pastga tushib ketgan.
Jyet taxminan uch kilometr pastga qulab borgan, so‘ngra uchuvchilar dvigatellarni ishga tushirib yubordi va boshqaruvni o‘z qo‘llariga oldilar. Keyinchalik operator-kompaniya omon qolgan laynerni parvozga yaroqsiz deb baholadi, samolyotning bir necha yo‘lovchilari esa jarohat olgan. Bu holat yuzasidan surishtiruv ishlari hamon davom etmoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 04.12.2024
Antalyada yongan Superjet: inqirozga yuz tutgan Rossiya aviasanoati
14:11 / 29.11.2024
Varshavada samolyotda uchishga ruxsat berilmagan o‘zbekistonlik fuqaroga yordam ko‘rsatildi
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024