Light | 08:19 / 21.03.2017
34691
4 daqiqa o‘qiladi

Devid Rokfellerning besh prinsipi: Qanday qilib boy bo‘lish va 100 yoshga kirish mumkin?

Foto: EAST NEWS

Devid Rokfeller 101 yoshida vafot etdi. Uning boyligi taxminan 3,3 milliard dollarga teng hamda u Forbes ro‘yxatining eng keksa a'zosi edi, biroq o‘z davlatini bobosi – Jondan meros sifatida olgandi. Aynan u mashhur avlodga asos soldi hamda birinchi dollarli milliarder sifatida tanildi.

Devid esa biznes-jamoatchilikda o‘zgacha qandaydir narsa bilan yodda qolmadi. Yirik bankka rahbarlik qildi, 66 yoshida pensiyaga chiqdi. Aynan shundan keyin eng qiziq narsalar boshlandi. Rokfellerni 90-yillar avvalida birdaniga maxfiy dunyo hukumati rahbariga “aylantirib qo‘yishdi”. "Qo‘mita 300" kitobi chiqdi, unda har yili sayyoraning eng boy kishilari va g‘arb davlatlari hukumat rahbarlari yig‘iladigan Bilderberg klubi haqida hikoya qilinadi. Bu qanchalik rost yoki yolg‘on ekani noma'lum...

Rokfellerning o‘zi sahna ortidagi jahon hukumatiga aloqador ekanini rad etib kelgan. Biroq ko‘pchilik tahlilchilar o‘zgacha fikrda. Sababi bu oilaning barcha avlodidagi erkaklar yopiq masonlar klubiga a'zo bo‘lgan. Devid esa deyarli barcha davlat rahbarlari bilan tanish edi. Aynan uning banki Sobiq Ittifoqda ish boshlagan birinchi xorijiy bankka aylandi.

Quyida Devid Rokfellerning sog‘lik va boylik haqidagi beshta maslahati bilan tanishtirib o‘tamiz.

1. Biznesni do‘stlar bilan olib borish kerak.
«Hech qachon yaqin do‘stona aloqalar va yaxshi ish munosabatlari bir-biridan yiroqda bo‘lishi kerak, deb hisoblamaganman. Ishonamanki, eng muvaffaqiyatli ish aloqalari ishonch, tushunish asosiga qurilgan, ya'ni yaqin do‘stona munosabatlarda muhim bo‘lgan jihatlarga».

2. Xobbi haqida yoddan chiqarmang
«Bolalik chog‘imda qo‘ng‘izlarni yoqtirib qolgandim. Qayerga bormasam, ular ham doim men bilan birga edi. Qo‘ng‘izlarni yig‘ish murakkab emas – ularning zirhi juda qattiq». Rokfeller 40 mingdan ortiq hasharotlarni yiqqan, bu esa dunyodagi eng katta kolleksiyalardan biri hisoblanadi.

3. Pullar bilan bo‘lishing
Milliarder faqatgina Harvardning o‘ziga 100 mln. dollar xayriya qilgan. Darvoqe, bu ushbu oliy ta'lim muassasasi tomonidan universitetning 370 yillik tarixida sobiq talaba tomonidan taqdim etilgan eng katta summa edi. Biroz vaqt muqaddam esa u “Tortiq etish onti”ga – Forbes yetakchilari Uorren Baffett hamda Bill Geyts ishga tushirgan kampaniyaga qo‘shildi. “Tortiq etish onti” guruhi a'zolari o‘z mablag‘larining kamida 50 foizini xayriya uchun berishga va'da qilishgan.

4. Faoliyatingizni eng quyi pog‘onalardan boshlang
Devid Rokfellerga birinchi ishni uning amakisi taklif qilgan. U boshqaruvchi yordamchisi sifatida ish boshlagan hamda yiliga 3500 dollar maosh ishlab topgan. U 12 yildan so‘ng bank raisi o‘rinbosari bo‘ldi. Bungacha esa ishga har kuni metroda borardi.

5. O‘zini tuta bilish va ehtiyotkorlik
Shunday lahzalar bo‘ladiki, xuddi men bilan hammasi boshqachadek tuyuladi. Biroq menga ota-onamdan meros bo‘lib qolgan moliyaviy resurslarni ehtiyotkorlik bilan sarflashga o‘rganib olganim shubhasiz. Bu esa yaqqol ustunlikdir.

Mavzuga oid