Korrupsiya mojarosiga aralashib qolgan yirik neftgaz kompaniyasi 2016 yilda qancha zarar ko‘rdi?
Braziliyaning Petrobras davlat neftgaz kompaniyasi 2016 yilni taxminan 4,8 mlrd dollarlik zarar bilan yakunladi. Bu haqda energetika kompaniyasining seshanba kuni tarqatilgan hisobotida aytiladi.
Kompaniya o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida 812 mln. dollar miqdorida daromadga ega bo‘ldi. Biroq bu yilni ijobiy nisbatda yakunlash uchun yetarli bo‘lib chiqmadi.
2015 yilda Petrobras’ning zarari 9,6 mlrd. dollarni tashkil etgandi. Bu kompaniya tarixidagi eng yomon natijaga aylandi. Petrobras’ning 2014 yilda ko‘rgan zarari, huquq-tartibot idoralari energetika kompaniyasi byudjyetidan juda yirik miqdordagi pullarni o‘g‘irlash bilan bog‘liq sxemani oshkor etishgach, 5,9 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Braziliyada Petrobras bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi uch yildan beri jamoatchilik e'tibori diqqat markazida bo‘lib turibdi. Politsiyaning fikricha, jinoiy sxemalar ishtirokchilari kompaniya byudjyetidan bir necha milliard dollarni o‘marishgan. Bu vaqt davomida tergov izolyatoriga Petrobras’ning o‘nlab top-menejyerlari joylashtirildi, ularning ko‘pchiligi tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi hamda mamlakatning nufuzli shaxslari haqida ko‘rsatmalar berishdi. Jinoiy ishga 60dan ortiq siyosatchi, jumladan amaldagi va sobiq deputatlar, partiya yetakchilari hamda gubernatorlar aloqador bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
22:52 / 24.12.2024
Braziliyada ilgari hech qachon qayd etilmagan hindular qabilasi aniqlandi
22:12 / 23.12.2024
2024 yilning eng omadsiz valutasi ma’lum qilindi
10:00 / 16.12.2024
O‘zbekiston Braziliyaga ilk bor blok-poyezd jo‘natdi
14:45 / 11.12.2024