Prevyu. Ertaga Suriyaga qarshi o‘yin
Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi ikkinchi davrasiga 23 mart kuni start beriladi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O‘FF rasmiy sayti ushbu uchrashuvga prevyu tayyorladi.
Bo‘lajak o‘yinda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukm surayotgani uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi o‘yin neytral maydonda – Malayziyada o‘tkazilishini ta'minladi.
Mazkur bellashuv Malakka shahridagi 40 ming muxlisga mo‘ljallangan Hang Jebat Stadium o‘yingohida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) start oladi.
O‘zaro uchrashuvlar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu kungacha Suriya bilan 2 marta to‘qnash kelgan. 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi. JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi 1-turida O‘zbekiston termasi Toshkentda Suriya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.
FIFA reytingidagi o‘rinlar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 63-pog‘onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o‘rinda joylashgan.
Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 95-o‘rindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya 10-o‘rinda bormoqda.
Uchrashuv rasmiylari
Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin BAA vakillari bo‘lgan hakamlar guruhiga topshirilgan. Abdulla Muhammad Hasan uchrashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Ahmad Hamis al-Naqbiy bajaradi.
Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor ish olib boradi. Uchrashuv komissari – Xin Chyong. Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida o‘yinga taklif etilgan.
Yo‘qotishlar
Bo‘lajak uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bitta yo‘qotishga duch keldi. Moskvaning «Lokomotiv» klubida to‘p surayotgan Vitaliy Denisov «Spartak» jamoasiga qarshi (1:1) Rossiya chempionati 20-turida jarohat olgani uchun Suriyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Suriya termasida yo‘qotishlar yo‘q.
Guruhdagi vaziyat
A guruhi 5-turidan keyin Eron terma jamoasi 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rinni band qilib turibdi. Kuchli uchlikdan hisobda 9 ochko bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Suriya (5 ochko), Qatar (4 ochko) va Xitoy (2 ochko) terma jamoalari joy egallagan.
JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi
A guruhi, 6-tur
Xitoy – Janubiy Koreya (16:35)
Suriya – O‘zbekiston (17:00)
Qatar – Eron (21:00)
Mavzuga oid
12:10
Sobiq isyonchi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqchi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10 / 23.12.2024