O‘zbekiston | 09:31 / 24.03.2017
6658
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi Krasnoyarsk o‘lkasi ishchi doiralarini O‘zbekistonga taklif qildi

23 mart kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan strategik hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridir. 

Rossiya an'anaga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy va yirik savdo hamkori hisoblanadi. 

Bugungi kunda dunyo miqyosida kuchayib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz, tovar va xom-ashyo bozorlarida narxlarning pasayishi o‘zaro savdo ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishda davom etmoqda. Shu tariqa 2016 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va RF o‘rtasidagi tovar aylanmasi 4,9 foizga qisqargan va 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan. 

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov va Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori V.Tolokonskiy muzokaralar davomida ikki mintaqaning Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish,  ishchi doiralarning tashriflarini tashkillashtirish, sanoat korxonalari mahsulotlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishga kelishib olishdi. 

Sh.Abdurahmonov Krasnoyarsk ishchi doiralarini har yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ko‘rgazma-yarmarka tadbirlari, jumladan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi, Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi, Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi, shuningdek qishloq xo‘jaligi minitexnologiyalari va ixcham uskunalarini namoyish qilish va sotishga ixtisoslashtirilgan "Uzbekistan Agrominitech Expo"da ishtirok etishga taklif qildi. 

Mavzuga oid