Sport | 17:42 / 24.03.2017
15473
1 daqiqa o‘qiladi

Konte dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri jamoasiga kelishiga to‘siq qo‘ydi

«Chelsi» jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich Antonio Konte «Inter»ga o‘tib ketishi haqidagi xabarlardan tashvishga tushgan.

Abramovich Konteni jamoada qoldirish uchun unga «Barselona»dan Neymarni olib bermoqchi bo‘lgna, ammo italiyalik mutaxassis bu rejaga qarshi chiqqan. Braziliyalik futbolchining katalon jamoasidagi shartnomasi 2021 yili yakuniga yetadi. Uning badal puli 200 mln yevro etib belgilangan. 

Bundan tashqari, Konte o‘z kelajagi bo‘yicha aniq javob bermagan va buni keyinga qoldirgan.

Tuttosport nashri ma'lumotiga ko‘ra, Abramovich unga jamoani kuchaytirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor.

Bundan avvalroq, «Inter» Kontega 15 mln yevro maosh taklif qilgani va transferlar uchun 400 mln yevro bermoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.

Mavzuga oid