Jahon | 21:17 / 24.03.2017
31748
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Kiyevda rossiyalik qochoq deputat o‘ldirib ketilishi

Rossiya Davlat dumasining sobiq deputati Denis Voronenkovning Kiyevda o‘ldirib ketilishi aks etgan video YouTube portaliga joylashtirildi.

Bu qotillik shaharning gavjum hududida sodir etilgan. Hodisa chorrahadagi bir qancha kameralar obektiga tushgan.

23 mart kuni Voronenkov Kiyev markazida, «Premer-palas» mehmonxonasi oldida otib ketildi. Uning yonidagi tan soqchi qotilga o‘q uzgan, natijada boshidan jarohatlangan qotil shifoxonada jon bergan. Soqchi ham jarohatlangan, ammo omon qolgan.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bu qotillikni «Rossiya tomonidan amalga oshirilgan terakt» deb atadi.

Voronenkov Ukrainaga 2016 yili, Rossiya parlamenti deputati vakolatlaridan mahrum bo‘lishidan avval ko‘chib o‘tgan edi. Rossiyada u biznesni reyderlik yo‘li bilan egallab olish ishi bo‘yicha ayblanayotgan edi. Kiyevda Voronenkov davlatga xiyonat ishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi, mazkur ish bo‘yicha Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ayblanmoqda.

Kiyevda Rossiya davlat dumasi sobiq deputati Denis Voronenkov o‘ldirildi

Mavzuga oid