Jamiyat | 11:04 / 25.03.2017
8916
2 daqiqa o‘qiladi

4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi

Londonning janubidagi Kenli tumanida yashovchi Roman ismli 4 yoshli bola uyda onasi to‘satdan hushini yo‘qotganda, iPhone smartfonidagi Siri ovozli yordam dasturi ko‘magida onasining hayotini saqlab qoldi.

Dastlab jajji Roman onasining katta barmog‘i yordamida telefonni blokdan chiqargan. So‘ngra Siri dasturiga kirib, undan qutqaruv xizmatining 999 raqami bilan bog‘lashni so‘ragan. Roman operatorga onasi "o‘lganini" – ko‘zini yumib, nafas olmayotganini aytgan. Operator zudlik bilan bola ta'riflagan manzilga tez yordam mashinasi va politsiyani jo‘natgan. Ayol zudlik bilan yaqin oradaga shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Roman voqea yuz berganda uydagi yagona "erkak" bo‘lgan, deb yozmoqda Gizmodo nashri. U bilan ukasi ham bo‘lgan, biroq ko‘rinishicha, u hali juda kichik yoshda. Roman esa bunday qaltis holatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, nafaqat barcha ovozli buyruqlarni to‘g‘ri bajara olgan, balki operatorga qayerda yashashini o‘z manzilini aniq bilmagan holda tushuntirib bera olgan.

Mavzuga oid