Sport | 00:00 / 27.03.2017
7874
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonlik voleybolchi qizlar muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi

Buxoro shahrida 2016-2017 yil sport tadbirlari taqvim rejasidan o‘rin olgan qizlar o‘rtasida voleybol buyicha VI O‘zbekiston chempionatining yakunlovchi uchinchi turi bo‘lib o‘tmoqda.  Yurtimizning 10 ta viloyatidan  jamoalar ishtirok etadigan musobaqaning 1-bosqichi o‘tgan yilning dekabr oyida Namangan shahrida start olgan bo‘lib,  ikkinchi tur o‘yinlari esa fevralda Samarqand shahrida o‘tkazilgan. Andijonlik voleybolchi qizlar Samarqanddagi o‘yinlarda Xorazm, Samarqand, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro hamda Qashaqadaryo viloyatlari vakilalalarini bir xil 3:0 hisobida yutgan edi.

23 mart kuni Buxoroda chempionatning final bosqichiga chiqqan besh jamoa ishtirokidagi   bahslariga start berildi. Asosiy bosqichning dastlabki ikki o‘yinida   Buxoro va Xorazm jamoalari ustidan 3:1 hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan andijonlik qizlar jamoasi muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

G‘olib Andijon olimpia zahiralari kolleji o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoaning uch nafar a'zosi yurtimizning oliy o‘kuv yurtlariga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid