O‘z itiga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs 5 yilga qamaldi
AQShning Janubiy Karolina shtatilik erkak o‘z itiga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
It unga yetkazilgan jarohatlar sabab jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan. Uilyam Dodson hayvonning tumshug‘ini skotch bilan o‘rab qo‘ygan, natijada jonivorning tili qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar tufayli qorayib ketgan. Aftidan, bu itga juda ham katta og‘riq bergan.
Okrug hakami Markli Dennis 42 yoshli Ulyam Dodsonga maksimal jazoni qo‘lladi.
Keytlin laqabli it juda og‘ir ahvolda 2015 yilda aniqlangandi. Veterinarians at the Animal Society xodimlari itning tumshug‘idagi skotchni olib tashlash uchun 36 soat vaqt sarflashdi.
Hayvon egasiga hukm u noqonuniy ravishda qurol saqlagani uchun 15 yilga qamalganining ertasi kuni chiqarildi. Erkak har ikki jazoni ham bir vaqtda o‘taydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024