Jahon | 14:31 / 28.03.2017
5655
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika qamoqxonasidagi isyonda 45 kishi yaralandi

Meksikaning Kadereyt shahridagi qamoqxonada ro‘y bergan to‘polon oqibatida kamida 45 kishi yaralandi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 50 nafardan ortik, ularning orasida qo‘riqchilar va mahbuslar ham bor.

Mahalliy OAV 4 nafar qarovchi garovga olingani haqida xabar qilmoqda. Qamoqxona binosida tutun chiqayotgani, voqea joyiga xavfsizlik kuchlari yetib kelayotgani aytilmoqda. 

Mavzuga oid