O‘zbekiston | 11:56 / 28.03.2017
45582
1 daqiqa o‘qiladi
MTS O‘zbekistondagi sho‘'ba korxonasini 1 dollarga sotdi
Rossiyaning MTS telekommunikatsiya kompaniyasi «qator sabablar»ga ko‘ra, O‘zbekiston davlat radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markaziga respublikadagi sho‘'ba korxonasining o‘ziga tegishli 50,01 foizlik ulushini 1 dollar evaziga sotdi. Shu bilan operator 2016 yil avgust oyida e'lon qilinganidek, Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi tarkibidan to‘liq chiqdi. UMS kompaniyasining 49,99 foiz aksiyasi RRTMga tegishli edi.
UMS 2014 yil 1 dekabridan faoliyatini boshlagan edi. Operatorning 2015 yildagi mijozlari soni 1,29 mln kishiga yetgan. Bu bozordagi uchinchi ko‘rsatkichdir. 2016 yilda kompaniya zarar ko‘rdi.