Sport | 12:10 / 29.03.2017
23373
4 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyoning top-10 legionerlari safidan 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi joy oldi

«Chempionat.com» internet-nashri Rossiya chempionatida to‘p surgan Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillaridan iborat eng kuchli 10 nafar futbolchi haqida maqola chop qildi. 10 nafar futbolchi orasidan 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchi ham o‘rin oldi.

Unda Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov va Mirjalol Qosimovning nomi tilga olingan. Quyida maqolada o‘zbekistonlik futbolchilarga berilgan o‘rin va ta'riflarni tarjimasi bilan tanishib olishingiz mumkin bo‘ladi.

10. Andrey Fyodorov, O‘zbekiston

«Alaniya», 1998-1999, 42 o‘yin, 1 gol

«Rubin», 2000-2008, 127 o‘yin, 15 gol

Fyodorov – Qurbon Berdiyevning «Rubin» mashinasining muhim qismlaridan biri bo‘lgandi. U 2008 yil Rossiya chempioni bo‘lgan. Aqlli va harakatchan himoyachi, sheriklarini qiyin vaziyatda qo‘llab tura oladi. U «Rubin» tarkibida birinchi ligadan chempionlikka qadar o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi o‘z vaqtida TsSKAda ham to‘p surishi mumkin edi. Biroq Osiyo Chempionlar kubogi doirasida hakamni tepgani uchun bir yilga diskvalifikatsiya qilingani bunga xalaqit qilib qolgandi. Shunga qaramasdan, Vladikavkaz, Kaliningrad va Qozonda Fyodorov ishonsa bo‘ladigan himoyachi sifatida eslab qolishgan.

9. Vitaliy Denisov, O‘zbekiston

TsSKA, 2003-2006, 3 o‘yin

«Lokomotiv», 2013-hozirgacha, 119 o‘yin, 1 gol

Tezlik, ishonch, chayirlik kabi so‘zlar bilan «Lokomotiv» muxlislari Denisovga ta'rif berishlari mumkin. Vitaliyga hech bir o‘yinda e'tiroz bo‘lmagan, har bir uchrashuvda «cherkizovolik Tor» chap qanotda shunday yuguradiki, o‘yinlardan keyin maydon chimiga mas'ul ishchilar o‘sha qanotni yana o‘z holatiga keltirish uchun ancha vaqt sarflashsa kerak. Denisov Rossiyadagi faoliyatini TsSKAda boshlagandi. Ammo olingan jarohatlar tufayli asosiy tarkibga kira olmagan. Ukrainaning «Dnepr»ida olti mavsum o‘tkazgan Vitaliy Rossiyaga tajribali futbolchi sifatida qaytdi. Ayni paytda u eng kuchli qanot himoyachisi nomiga da'vogar bo‘la oladi.

5. Odil Ahmedov, O‘zbekiston

«Anji», 2011-2014, 109 o‘yin, 6 gol

«Krasnodar», 2014-2017, 101 o‘yin, 7 gol

Futbol olamida Odil Ahmedovni yomon ko‘radigan bitta ham odam bo‘lmasa kerak. Uni qanday yaxshi ko‘rmaslik mumkin? Maydonda professional, o‘yinda borini beradigan, maydondan tashqarida oddiy kamtar odam. Odilni tungi klubda madhiya sadolari ostida shampan vinosini ichayotganini ko‘rmaysiz, bu aniq. Ahmedov «Anji»da yulduzga aylangandi. Eto’O va sheriklari raqib maydonida yurganida Odil himoyaga qarashardi. «Krasnodar»ga tez qo‘shilib ketgan va jamoa rivojiga katta xissa qo‘shgandi.

1. Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston

«Spartak» Vladikavkaz, 1992, 25 o‘yin, 3 gol

«Alaniya», 1994-1996, 1999, 2003-2004, 104 o‘yin, 30 gol

«Krylya Sovetov», 2000-2001, 45 o‘yin, 6 gol

Mavzuga oid