Jamiyat | 14:06 / 30.03.2017
9275
1 daqiqa o‘qiladi

Domodedovo aeroportida o‘t o‘chirish mashinasi piyodalarni bosib ketdi

Moskvaning Domodedovo aeroporti hududida o‘t o‘chirish mashinasi bir necha odamni urib ketgan, bir piyoda hayotdan ko‘z yumgan. 

Moskva viloyati IIV matbuot xizmatida ma'lum qilishlaricha, YTH Domodedovo — Aerotel yo‘lining 44-kilometrida ro‘y bergan. 

Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, aeroportga qarashli transport vositasi bekatga kelib urilgan. 4 nafar jabrlangan kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 

RIA Novostining mintaqa favqulodda xizmatlardagi manbasining aytishicha, YTHga haydovchining qon bosimi oshib ketgani sabab bo‘lgan. 

Domodedovo aeroporti fojia yuzasiidan politsiya bilan hamkorlik qilayotgani ta'kidlanmoqda. Jabrlanuvchilarga birinchi tez yordam aeroport tibbiy punktida ko‘rsatilgan. 

Mavzuga oid