O‘zbekiston | 09:18 / 30.03.2017
8332
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TIV sayti ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining, jumladan MDH va ShHT doirasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama etilgan.

MDHga a'zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishida Rossiya TIV delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Suhbat davomida Rossiya Federatsiyasi prezidentining Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoyning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha ham fikr almashilgan.

Mavzuga oid