O‘zbekiston | 15:19 / 05.04.2017
27384
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Medvedev bilan uchrashuvda: Terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi. 

«O‘zbekiston Rossiyaning eng ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat turli sohalarda ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz davomida juda katta loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo‘ladi va ikki do‘st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman», dedi Dmitriy Medvedev. 

«Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash'um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ushbu tashrif o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta'kidladi. 

«Bugungi muloqotlarimiz ko‘p sohalardagi hamkorligimizda yangi davrni boshlab berishiga ishonaman», – degan Shavkat Mirziyoyev. 

Mavzuga oid