Iqtisodiyot | 11:51 / 05.04.2017
5080
1 daqiqa o‘qiladi

Petrobras gaz taqsimlash bo‘limining 90 foizini sotib yubordi

Braziliyaning Petrobras neft kompaniyasi o‘zining Nova Transportadora do Sudeste gaz taqsimlash bo‘limining 90 foizini investorlar guruhiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Petrobras ushbu bitim amalga oshirilgach, 4,23 mlrd dollar oladi va besh yil mobaynida yana 850 mln dollar olishi mumkin bo‘ladi. 

«Petrobras NTS bo‘limidan amaldagi shartnomalar bo‘yicha gaz yetkazib berishni davom ettiradi», — deya aniqlik kiritishgan kompaniyada. 

Avvalroq, «Rosneft» Petrobras aktivlarini xarid qilishga qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid