Jahon | 20:49 / 06.04.2017
10560
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya musulmonlari va yahudiylari qurbonlik marosimini taqiqlovchi qarordan norozi bo‘lishmoqda

Foto:EPA

Belgiya musulmonlari va yahudiylari mintaqaviy parlamentlarning 2019 yildan e'tiboran hududda jonivorlarni qurbonlikka keltirishni taqiqlovchi qaroridan norozi bo‘lishdi, zero bu qirollikda yashovchi musulmon va yahudiylarning azaliy an'anasi hisoblanadi. RTBF teleradiokompaniyasi shu haqida xabar berdi. 

"Bu Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi misli ko‘rilmagan holat", - deydi Belgiyaning Markaziy yahudiy kengashi prezidenti Filipp Markevich. Uning fikricha, parlamentariylar qarori ortida hukumatning yahudiylar va musulmonlar erkinligiga raxna solish maqsadi yashirin. 

Yevropaning musulmon va yahudiy yetakchilari 2012 yilgi Parijdagi uchrashuv yakunlariga ko‘ra, musulmonlar va yahudiylarning diniy urf-odatlariga rahna soluvchilarga qarshilik qilish qarori haqida ma'lum qilishgan. 

Mavzuga oid