Donald Tramp: "Suriya uchun mas'ulman va IShIDni yo‘q qilaman"
AQSh prezidenti Donald Tramp Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumani doirasida Suriya masalasini hal etish uchun shaxsiy mas'uliyatni his qilishini aytib o‘tgan.
"Men chuqur shaxsiy mas'uliyatni his qilib turibman", — degan u jurnalistning Suriyada bo‘layotgan voqealar, jumladan yaqinda yuz bergan kimyoviy hujum uchun mas'uliyatni his qilish-qilmasligi borasidagi savoliga javoban. Jurnalist Trampga sobiq prezident Barak Obama ma'muriyatini qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlarda ayblaganlarini ham eslatdi
"Bu masalani men butun mas'uliyat bilan yondashgan holda yechaman", — deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Donald Tramp matbuot anjumanida, shuningdek, Suriyada yuz bergan kimyoviy hujum uning Suriya va Bashar Asad rejimiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirganini bildirib o‘tgan.
"Sizlarga aytishim mumkinki, kecha bolalarga kimyoviy hujum qilinishi menga juda katta ta'sir qildi va mening Suriya va Bashar Asadga bo‘lgan munosabatim keskin o‘zgardi", — degan prezident.
Shunday gaz bilan ilgari ham aholiga hujum qilinganini inobatga olib, Tramp mojaro "mutlaqo yangi darajaga olib chiqilgani"ni qayd etdi.
AQSh prezidenti shu paytga qadar o‘zini pozitsiyasini osongina o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan juda yumshoq inson sifatida hisoblab kelgani, biroq "kecha yuz bergan voqeani men aslo qabul qila olmayman", deya aytib o‘tgan.
Suriya muxolif va inqilob kuchlari milliy koalitsiyasi seshanba kuni Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun shahrida kimyoviy qurol ishlatilgan hujumda 80 kishi qurbon bo‘lgani va 200 dan ortiq inson jarohatlanganini e'lon qilib, bunda Suriya hukumat qo‘shinlarini ayblashgan. Suriya armiyasi qo‘mondonligi o‘zi tomon kelayotgan ayblovlarni rad etib, mas'uliyatni jangarilar va ularning homiylariga to‘nkagan.
Rossiya mudofaa vazirligi esa Suriya aviatsiyasi Xon-Shayxun aholi punktidagi terrorchilarning qurol-yarog‘ omboriga zarba berganini, u yerda Iroqqa olib ketish uchun mo‘ljallangan kimyoviy qurollar bo‘lganini aytib o‘tgan.
Matbuot anjumanida Tramp "IShIdni yo‘q qilib, sivilizatsiyani asrab qolajagi" ni ham bildirib o‘tgan.
"Biz IShIDni yo‘q qilamiz, sivilizatsiyani himoya qilamiz, bizda boshqa tanlov bo‘lishi ham mumkin emas", — degan u.
Mavzuga oid
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024