Sport | 18:41 / 06.04.2017
4864
1 daqiqa o‘qiladi

FIDE prezidenti Ilyumjinov tashkilotdagi vakolatlari qaytarilganini ma'lum qildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov o‘ziga tashkilotdagi moliyaviy, yuridik va ish vakolatlarini qaytardi. Bu haqda TASS Ilyumjinov bayonotiga asosan xabar berdi.

2015 yilning oxirida AQSh Moliya vazirligi Ilyumjinovni Suriya hukumati va Markaziy banki manfaati yo‘lida moddiy yordam va harakatlarni amalga oshirganligi uchun sanksiya ro‘yxatiga kiritdi. Ilyumjinov esa FIDE prezidentlik kengashi a'zolarini FIDE bilan bog‘liq faoliyatga aloqador yuridik, moliyaviy va ish vakolatlarini o‘zining birinchi o‘rinbosari Georgios Makropulosga vaqtinchalik berishi haqida xabardor etdi.

"FIDE rahbari lavozimidagi vakolatlarimni qayta tikladim, - deyiladi bayonotda. - Shu kundan e'tibor tashkilot rahbari sifatidagi barcha vakolatlarga egaman".

Avvalroq FIDE prezidenti iste'foga chiqqani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid