Sport | 17:27 / 06.04.2017
12095
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» yana bir futbolchini 60 mln yevroga sotib olishga qaror qildi

«Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 28 yoshli xorvatiyalik vingerning transferi bo‘yicha bir necha haftalardan buyon muzokaralar o‘tkazib kelmoqda. Perishichning o‘yini bosh murabbiy Joze Mourinoning shaxsan o‘ziga ma'qul kelgan.

Hozirda Manchester klubi futbolchiga «Chelsi» tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar sabab ancha faollashib qolgan. «MYu» Perishich uchun Milan talab qilayotgan 60 million yevroni to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.

«Inter» moliyaviy «feyr-pley» talablarini buzmaslik uchun 30 iyunga qadar o‘z futbolchilaridan birini sotishni reja qilgan. Shundan keyin klub katta miqdorda pul sarflab transferlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid