Jamiyat | 22:24 / 07.04.2017
11501
2 daqiqa o‘qiladi

Tatariston muftiysi va imomlari Peterburg metrosidagi teraktda jabrlanganlar uchun qon topshirishdi

7 aprelda Tatariston muftiysi Kamil Samigullin boshchiligida Tatariston musulmonlar idorasining vakillari Sankt-Peterburg metrosidagi portlashda jabrlanganlarga qon topshirish aksiyasida ishtirok etishdi. Bu haqda musulmonlar idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

"Tatar ummati shu tariqa Sankt-Peterburg aholisini ma'nan qo‘llab-quvvatlashini izhor qildi va "Musulmonlar qon to‘kmaydilar" deb ta'kidlaydi. Donorlik aksiyasining asosiy g‘oyasi shundan iborat bo‘ldi", deyildi xabarda.  

"Islom qon donori bo‘lishni taqiqlaymaydi, chunki biz odamlar hayoti va sog‘lig‘ini qutqarish ishiga o‘z hissamizni qo‘shamiz. Alloh taolo Qur'onda shunday degan: "Kimki bir jonni o‘limdan saqlab qolsa, u go‘yo hamma odamlarni o‘limdan saqlab qolgan bo‘lur", deb ta'kidlab o‘tdi Samigullin.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburgdagi portlashda 13 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.

6 aprelda Rossiyaning ko‘plab shaharlarida terakt qurbonlari xotirasini yod etish va terrorchilikka qarshi kurashda birdamlikni bildirish uchun minglab odamlar to‘plandilar. Xotira kechalari Vladivostok, Kemerovo, Tyumen, Ufa, Cherkessk, Astraxan, Tambov, Sankt-Peterburg va Moskvada bo‘lib o‘tdi. 8 aprelda shunday aksiyalar Rossiyaning yana o‘nlab shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid